
Portugaliya terma jamoasi Liga Millatlari finalida Ispaniyani penaltilar seriyasida 5:3 hisobida mag‘lub etib, turnir g‘olibiga aylandi. Asosiy o‘yin 2:2 hisobida yakunlandi. Gollar: Ispaniya — Zubimendi (21'), Oyarzabal (45'); Portugaliya — Mendes (26'), Ronaldu (61').
Penaltilarda Portugaliya barcha zarbani muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Ispaniya safida Morata o‘z zarbasini yo‘qotdi. Yakuniy zarbani Ruben Neves aniq amalga oshirib, g‘alabani ta’minladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar