
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hamda o‘rmonlarni boshqarish tizimida islohotlarni izchil davom ettirish, yashil hududlarni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-90-son, 30.05.2025 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, daraxt va buta ko‘chatlarining ko‘karuvchanligi, yashovchanligi, kasallik va zararkunandalarga chidamliligini oshirishning 2026 yil 1 yanvardan boshlab maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:
- urug‘chilik laboratoriyalarida respublika hududlarining iqlim sharoitiga mos o‘simlik turlaridan onalik plantatsiyalarini tashkil qilish;
- davlat o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan yetkazib berilayotgan ko‘chatlar hajmini 2 baravarga oshirish.
2025 yil 1 oktyabrdan boshlab “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda jamoatchilik ishtirokini oshirish, “Yashil makon” elektron platformasida ochiqlikni ta’minlash va raqamlashtirishga qaratilgan quyidagi mexanizmlar joriy qilinadi:
- aholi tashabbusi bilan daraxt ekilishi mumkin bo‘lgan aniq hudud, suv ta’minoti, keyinchalik parvarish qilish imkoniyati va daraxtlarning turlarini ko‘rsatish;
- o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho navlarini qonunga xilof ravishda kesgan yoki yo‘q qilgan shaxslar tomonidan kompensatsiya sifatida ekilgan daraxt va buta ko‘chatlari hisobini yuritish tizimini joriy qilish.
2025 yil 1 noyabrdan boshlab o‘rmon fondi yer maydonlari alohida muhofaza etiladi va ularning toifasini o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar