
Amazfit’ning yangi fitnes brasleti — Helio Strap tasvirlari internetda paydo bo‘ldi, deb Rozetked.me saytiga tayangan holda UPL.uz xabar berdi.
AndroidTR nashriga ko‘ra, ushbu fitnes-treker rasmlari Zepp Health ilovasidan olingan. Qurilma AQSh Federal aloqa komissiyasida ro‘yxatdan o‘tgan va 3 yillik dasturiy qo‘llab-quvvatlash oladi.
Amazfit Helio Strap quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi:
• Operatsion tizim — ZeppOS 4.5
• Funksiyalar — yurak urishini va ayollar salomatligini kuzatish
• Ekran — 460×460 piksel, displey matoli tasma ostiga yashirilgan
Displey mato ostida yashirilgan bo‘lishiga qaramay, ehtimol interfeys elementlari ko‘rinib turadi yoki qurilma faqat sog‘liqni nazorat qilishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
AndroidTR Amazfit Helio Strap yaqin kunlarda rasman taqdim etilishini kutmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar