date

Eron yadroviy quroldan voz kechishga tayyor, Isroilga shart qo‘ydi

Eron yadroviy quroldan voz kechishga tayyor, Isroilga shart qo‘ydi
Eron hukumati o‘z yadroviy dasturiga oid muhim bayonot bilan chiqdi. Mamlakat tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi xorijiy diplomatlar bilan uchrashuvda Tehronning yadroviy qurol ishlab chiqarish niyati yo‘qligini yana bir bor ta’kidladi va buni xalqaro darajada kafolatlovchi shartnoma tuzishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Arakchining so‘zlariga ko‘ra, Eron yadroviy qurolga ega bo‘lishni maqsad qilmagan va bu pozitsiya o‘zgarmas tamoyil sifatida qoladi. U mamlakatining faqat tinch yadroviy faoliyat bilan shug‘ullanayotganini ta’kidlar ekan, yadroviy qurolsizlanishga oid yangi kelishuvlarga ochiq ekanini bildirdi.

Shuningdek, vazir Eronning Isroilga qarshi amalga oshirgan so‘nggi harbiy zarbalari yuzasidan ham o‘z pozitsiyasini bayon etdi. Uning ta’kidlashicha, bu harakatlar mamlakatning o‘zini himoya qilish maqsadida amalga oshirilgan.

“Agar Eronga qarshi tajovuzlar to‘xtatiladigan bo‘lsa, biz ham javob zarbalarini to‘xtatamiz. Biz hech qachon urush istamaymiz, ammo o‘z xavfsizligimizni ta’minlashni ham boshqalarga topshirmaymiz”, — dedi Arakchi.

Mazkur bayonot Eron va xalqaro hamjamiyat o‘rtasidagi murakkab munosabatlar davomida yangrayotgani bilan ahamiyatlidir. Hozirda G‘arb davlatlari, xususan AQSH va Yevropa Ittifoqi, Eronning yadroviy faoliyatini diqqat bilan kuzatmoqda. Mazkur taklif ushbu tortishuvlarni yumshatish va diplomatik yechim topish imkoniyatini yaratishi mumkin.

Zamin.uz tahririyati mazkur mavzu yuzasidan yuz berayotgan barcha o‘zgarish va rasmiy bayonotlarni kuzatishda davom etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron yadroviy quroldan voz kechishga tayyor, Isroilga shart qo‘ydi
OSZAR »